"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida turibdi.
Muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tmoqda va muvaffaqiyatli yakunga yaqinlashmoqda. Jurnalist Ferran Korreasning ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘lib, bitimga yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi.
Erik Garsiya 2021 yilda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga qaytgandi. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi Hans-Diter Flik jamoasining barcha musobaqalardagi 16 ta jangida qatnashib, 1 ta gol urgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.













