Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Superliga. Oybek O‘rmonjonovning gol va assisti "Dinamo"ga "Andijon"ni mag‘lub etishda yordam berdi

Superliga. Oybek O‘rmonjonovning gol va assisti "Dinamo"ga "Andijon"ni mag‘lub etishda yordam berdi

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan qoldirilgan "Dinamo" - "Andijon" o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida harakat qilgan samarqandliklar bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

27-daqiqada hisob ochildi. Ratinyoning super uzatmasidan so‘ng Oybek O‘rmonjonov o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi. Ushbu golda mehmonlar darvozaboni Mohribek Komilovning ham kattagina aybi bor.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 55-daqiqada o‘sha O‘rmonjonovning burchakdan uzatib bergan to‘pini Jaloliddin Jumaboyev bosh bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi va jamoasining o‘yindagi ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

"Dinamo" bu g‘alaba evaziga 56 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ular xuddi shuncha ochkosi bor "Paxtakor"ni o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik sabab ortda qoldirmoqda. Shuningdek, 2-o‘rindagi "Nasaf"dan 2 ochko, peshqadam "Neftchi"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

"Andijon" 29 ochko bilan 12-o‘rinda. Ular xavfli zonadagi "Buxoro"dan 3 ochko oldida. Chempionat yakuniga 2 tur qoldi.

Superliga. 21-tur. Qoldirilgan o‘yin
Dinamo - Andijon - 2:0
15 noyabr 2025 yil. 16:00
Gollar: 1:0 - 27, Oybek O‘rmonjonov (Ratinyo), 2:0 - 55, Jaloliddin Jumaboyev (Oybek O‘rmonjonov).
Dinamo: Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Ratinyo, Sanjar Qodirqulov (Mahmudjon Mahamadjonov, 75), Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir Abdusalomov (Xislat Xalilov, 75), Oybek O‘rmonjonov (Behruzbek Oblaqulov, 75), Firdavs Abdurahmonov, Dmitriy Pletnyov, Marko Stanoyevich, Ulug‘bek Hoshimov (Richard Emeka Fraydey, 46)
Andijon: Mohirbek Komilov, Sunnatulloh Hamidjonov, Islombek Mamatkazin, Ismoil Akinade, Saidumarxon Saidnurullayev (Bektemir Abdumannonov, 68), Damir Temirov (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 46), Asadbek Habibullayev, Usmonali Ismonaliyev (Asadbek Abdug‘offorov, 68), Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Oleg Zoteev (Abdurahmon Komilov, 46)
Ogohlantirishlar: Muhammadkarim Toirov (21), Oybek O‘rmonjonov (52), Dmitriy Pletnyov (83)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:56, 15.11.2025.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик