Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti Ronalduning diskvalifikasiyasi haqida gapirdi

Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti Ronalduning diskvalifikasiyasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Pedru Proensa hujumchi Krishtianu Ronalduning diskvalifikasiyasiga izoh berdi.

40 yoshli futbolchi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Irlandiyaga (0:2) qarshi o‘yinda tirsagi bilan raqibga zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Diskvalifikasiya tufayli yulduz forvard JCH-2026 final bosqichi startini o‘tkazib yuborishi mumkin.

"Ronalduning jazosi iloji boricha yengilroq bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz allaqachon vaziyatni huquqiy nuqtai nazardan tahlil qildik. Umid qilamizki, diskvalifikasiya barcha yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda minimal, qoidalarga muvofiq bo‘ladi. Barchamiz Krishtianu JCH-2026ning ilk o‘yinida maydonga tushishini istaymiz," - dedi Proensa.

Yakshanba kuni portugaliyaliklar Ronaldusiz Armaniston terma jamoasini mag‘lub etib (9:1), mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 08:58, 17.11.2025.
O'qildi: 3283 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик