Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Argentinalik yulduz Saudiyadan kelgan juda katta taklifni rad etgan edi

Argentinalik yulduz Saudiyadan kelgan juda katta taklifni rad etgan edi

Baho:
+ | -

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hujumchisi Mauro Ikardi 2023 yilning yozida Saudiya Arabistonidan bo‘lgan taklifni rad etgandi. Uch yilga mo‘ljallangan potensial shartnoma 120 million yevrodan oshgan edi.

"2023 yilning yozida u Saudiya Arabistonining uch yil uchun 120 million yevrodan ortiq bo‘lgan taklifini rad etdi, chunki u muxlislarning mehrini his qildi va klubda qolishga qaror qildi," - deya futbolchining agenti Jorj Gardining so‘zlarini keltiradi Fichajes.

Argentinalik hujumchining Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubidan "Galatasaroy"ga yakuniy o‘tishi aynan 2023 yilda rasmiylashtirilgan, shundan so‘ng Yaqin Sharq ligasidan taklif bo‘lgandi.

Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi ba’zida zaxiradan o‘yinga qo‘shilishiga qaramay, milliy chempionatda o‘tkazilgan 11 o‘yinda 6 ta gol urgan. Argentinalik futbolchining Istanbul klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 16:19, 17.11.2025.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик