Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"PSJ" Alvares uchun kurashga qo‘shildi

"PSJ" Alvares uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares transferini faol o‘rganmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolyerining ma’lum qilishicha, parijliklar bir necha haftadan beri ehtimoliy transfer shartlarini tahlil qilmoqda, futbolchining o‘zi esa Luis Enrike qo‘l ostiga o‘tish g‘oyasiga ijobiy qaramoqda. "PSJ" bosh murabbiyi argentinalik futbolchiga yuqori baho bermoqda va 25 yoshli forvard uning hujum modeliga juda mos keladi, deb hisoblamoqda.

Manbaga ko‘ra, "Atletiko" taxminan 120 mln yevrolik taklif bo‘lsa, Alvaresni sotishga tayyor. U joriy mavsum La Ligada 12 ta o‘yinda 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:07, 17.11.2025.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик