Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

“Manchester Yunayted” Vinisius uchun 200 mln yevro taklif qilmoqchi

“Manchester Yunayted” Vinisius uchun 200 mln yevro taklif qilmoqchi

Baho:
+2 | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining yozishicha, unga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Unga ko‘ra, mankunianliklar futbolchi 200 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan. “Real” esa “Manchester Yunayted” bilan muzokara boshlashga tayyor. Chunki braziliyalik vinger “qirollik klubi” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Vinisius madridliklar safida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lishni istamoqda. Ammo klub rahbariyati uning talablarini qanoatlantirmoqchi emas. Inglizlar esa mazkur holatdan foydalanib, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Vinisius hozircha kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Ammo “Real”dan ketsa, Angliya Premyer Ligasi klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi ehtimoli yuqori ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq Vinisius Juniorga “Manchester Siti” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola futbolchini jamoaga olib kelishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum braziliyalik futbolchi “Real Madrid” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Vinisiusning qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:09, 17.11.2025.
O'qildi: 4514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик