Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Shaxmat. Tarixda ilk marta! Jahon toji uchun talabgorlar musobaqasida O‘zbekiston vakili ishtirok etadi!

Shaxmat. Tarixda ilk marta! Jahon toji uchun talabgorlar musobaqasida O‘zbekiston vakili ishtirok etadi!

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi O‘zbekiston vakillari uchun ajoyib o‘tmoqda. Ha, Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov musobaqani erta tark etishdi. Ammo Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarov turnirning yarim finaliga yetib borishdi.

Javohir bugun meksikalik Xose Martines qarshi tay-brekda ishtirok etdi. 15+10 formatida o‘tkazilgan partiyaning dastlabkisida hamyurtimiz qora donalarda harakat qildi. Vaziyat teng bo‘lib turgan vaziyatda Sindarov 35-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va 50-yurishga kelib mag‘lubiyatini tan oldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi ikkinchi partiyada oq donalarda o‘ynab, 20-yurishga kelib katta ustunlikni qo‘lga kiritdi. Meksikalik raqib esa tavakkal qilgan holda piyodalarni qurbon qildi va hujumga tashlandi. Javohir raqibning ushbu hamlamasini muammosiz bartaraf etdi hamda o‘z ustunligini yanada oshirib bordi. Natijada Xose Martines bir nechta yurishdan keyin mot bo‘lishi muqarrar holga kelgani uchun 35-yurishda mag‘lubiyatini tan oldi.

Shaxmatchilar endi 10+10 formatida rapid o‘ynashdi. Javohir dastlab qora donalarda durang qayd etdi. Oq donalarda esa hamyurtimiz o‘zining pozision o‘yini orqali raqibni qiyin vaziyatga tushirishda davom etdi. 63-yurishga kelib Sindarovning piyodasi Farzinga chiqqach, meksikalik sportchi taslim bo‘ldi. Umumiy hisob — 3,5-2,5, Javohir Sindarov yarim finalda!

Yarim finalda Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarov to‘qnash kelishadi. Ulardan biri musobaqa finaliga chiqish bilan birgalikda jahon toji uchun bo‘ladigan talabgorlar musobaqasiga yo‘l oladi. Yutqazgan hamyurtimiz esa uchinchi o‘rin uchun bo‘ladigan bahslar orqali talabgorlar musobaqasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

Ertaga musobaqada dam olish kuni. Yarim final bahslari 21-23 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Yarim final juftliklari:

Javohir Sindarov - Nodirbek Yoqubboyev
Andrey Yesipenko (Rossiya) - Vey Vi (Xitoy)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:26, 19.11.2025.
O'qildi: 2080 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.