Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Atletiko" sobiq futbolchisi: "Braziliya maydon sifati va hakamlik bo‘yicha ancha ortda qolmoqda"

"Atletiko" sobiq futbolchisi: "Braziliya maydon sifati va hakamlik bo‘yicha ancha ortda qolmoqda"

Baho:
+1 | -

"Flamengo" yarim himoyachisi Saul Niges Braziliya A Seriyasidagi sharoitlardan mamnun emas.

Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda erkin agent sifatida "qizil-qoralar" safiga qo‘shilgandi.

"Braziliya hakamlik darajasi va maydonlar sifati bo‘yicha ancha ortda qolmoqda. Ayniqsa, bu hakamlarga taalluqli. Bir kuni Memfis Depay to‘pni ustiga chiqib olgani uchun sariq kartochka oldi. Bu hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi", - deya juma kuni 31 yoshini nishonlaydigan Saulning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Xavbek "Flamengo" safida 21 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Braziliyaga ko‘chib o‘tgunga qadar futbolchi Madridning "Atletiko" klubi safida 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan, shuningdek, "Rayo Valyekano", "Sevilya" va "Chelsi" klublarida o‘ynagan.

Kiritildi: 12:54, 20.11.2025.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик