Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta Gabrielning jarohati haqida ma’lumot berdi

Arteta Gabrielning jarohati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 27 yoshli braziliyalik himoyachi Gabrielning jarohati haqida gapirdi. Futbolchi bir necha haftaga safdan chiqdi. Futbolchi qancha vaqtni o‘tkazib yuborishi qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

"Gabriel bir necha haftaga safdan chiqdi. Kelasi chorshanba kuni uni yana bir tekshiruvdan o‘tkazamiz. Bu jiddiy zarba, ammo bizda ajoyib variantlar bor - futbolchilar boshqacha harakat qilishlariga to‘g‘ri keladi," - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi futbol insayderi Fabritsio Romano.

Kelayotgan haftada "Arsenal" APLda "Tottenxem" va "Chelsi" bilan o‘ynaydi. Chempionlar Ligasida "kanonirlar" "Bavariya" bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 23:11, 21.11.2025.
O'qildi: 949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик