Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Kazemironing shartnomasi bo‘yicha qaror qabul qildi

"Manchester Yunayted" Kazemironing shartnomasi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemironing amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Kelishuvda avtomatik ravishda bir yilga uzaytirish imkoniyati ko‘rsatilgan, biroq "qizil iblislar" rahbariyati bu bandni faollashtirmaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda jurnalist Samuel Lakxerst. Klub 33 yoshli futbolchiga haftasiga 340 ming yevrodan ortiq maosh to‘lashga tayyor emas.

Kazemiro "Manchester Yunayted"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari uchligiga kiradi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishlari mumkin, ammo boshqa shartlar asosida. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, xavbekning Angliyada qolishi dargumon.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi o‘nta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 07:12, 22.11.2025.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик