Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Tahlil. Yevrokuboklardagi muvaffaqiyat bahosi qancha?

Tahlil. Yevrokuboklardagi muvaffaqiyat bahosi qancha?

Baho:
+ | -2

KLUBLARNING EFFEKTLILIK DARAJASI.
Yevropada qaysi klublar natija ortidan pul ishlashni yaxshi biladi? Tushunarliki, top-jamoa­lar oldiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri - bu asosiy yevrokubok sanalgan CHLda barqaror ravishda ishtirok etish va imkon boricha yaxshi natija ko‘rsatish. Klublar ayni shu maqsadda o‘z tarkibini kuchaytirish yo‘lida transferlarga katta sarmoya ajratadi, ba’zan xarajat bobida chegaradan ham o‘tib ketadi. Sport natijalari masalasi ustuvor sanalishi o‘z-o‘zidan tayin. Yevrokuboklardagi g‘alabalarga esa kiritilgan sarmoyani qoplash manbai sifatida qarash mumkin. Ha, aksariyat klublar daromad va xarajat o‘rtasidagi balansni qat’iy nazoratda ushlashga majbur. Bunda yevroarenalardagi nisbatan yaxshi natijalar ham juda-juda muhim. Xo‘sh, klublar transferlar xarajati va yevrokuboklardagi sport natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni nechog‘li ushlamoqda? Qaysi jamoalar nisbatan kam xarajat bilan katta natijalarga erishmoqda?

Klublar oldingi 5 mavsum (2020|2021 - 2024|2025)da transferlarga qancha sarflagani va UYEFA reytingida necha ochko jamg‘arganiga qarab, ma’lum xulosalar chiqarish mumkin. Transferlar xarajati summasini UYEFA reyting ochkolari umumiy miqdoriga bo‘lsak, 1 ballning taxminiy bahosi kelib chiqadi. Tahlil uchun 5 mavsum davomida yevrokuboklarning asosiy bosqichiga kamida 4 marta chiqqan klublarga doir ma’lumotlar olindi. Bunday jamoalar 58ta.

«Yang Boyz» UYEFA reytingida eng arzon ochkoga ega: kam xarajat (19,52 mln. yevro) katta ochko (34,5) keltiradi. Nisbatan muvaffaqiyatli kamtarona klublar orasida Zagreb «Dinamo»si (xarajat bo‘yicha 50-o‘rin, UYEFA reytingida 36-o‘rin) va «Reynjers» (xarajat bo‘yicha 46-o‘rin, reytingda 25-o‘rin) alohida ajralib turadi. Xarajat va reyting ochkolari o‘rtasidagi tafovutga nazar tashlasak, Yevropada eng yaxshi klub - «Real» (+22 o‘rin). «Reynjers»­da bu ko‘rsatkich +21ga teng bo‘lsa, «Vilyarreal»da +16ni tashkil qilmoqda. Hatto Niderlandiya klublarida ham o‘rtadagi tafovut bundan kamroq: «Feyenoord» (+14) va PSV (+12).

Eng qimmat reyting ochkolari «Chelsi»da. London klubi xarajat bo‘yicha 1-o‘rinda, UYEFA reytingida esa atigi 7-qatorda. Xullas, jamoa 1ta reyting ochkosi uchun transferlarga 16 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflagan. «Tottenxem»da ham balans yaxshi emas. «Renn» esa eng yomon tavofut bilan 3-o‘rinda (xarajat bo‘yicha 11-o‘rin, UYEFA reytingida 46-o‘rin). Deylik, Fransiya klubi bozorda «Napoli» yoki «Milan»dan ham ko‘proq sarf­ladi. E’tiborli tomoni, «Renn» daromad va xarajat o‘rtasida ijobiy farqqa ega. «PSJ» bor-yo‘g‘i 6-o‘rinda va jamoa CHLdagi g‘alaba bilan o‘z xarajatini qopladi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:59, 22.11.2025.
O'qildi: 2230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик