Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Traktor» ustozi Skochich: «Nasaf»ning natijalariga e’tibor bermaymiz»

«Traktor» ustozi Skochich: «Nasaf»ning natijalariga e’tibor bermaymiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Eronning «Traktor» klubi bosh murabbiyi Dragan Skochich «Nasaf»ning Elit OCHLdagi natijalari haqida gapirdi.

«Aytib o‘tganimdek, ularning natijalari yaxshi bo‘lmadi, lekin biz natijaga qaramaymiz; ularning o‘yin uslubi biz uchun muhim. «Nasaf» «Al-Vahda»ga oddiy xatolar tufayli yutqazdi. Biz ertangi o‘yinda turli sharoitlariga moslashishimiz kerak. Bu jamoa uzoq masofaga uzatmalarga, qisqa paslarga, himoya orqasidagi bo‘shliqdan foydalanishga va taktik xilma-xillikka tayanadi va biz ularga qarshi turishga tayyor bo‘lishimiz kerak. Biz ularning yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. Ularga shunchaki biroz omad yetishmayapti.

Biz yaxshi jamoaga qarshi o‘ynaymiz, lekin men uchrashuvdan oldin raqib va uning o‘yinchilari haqida alohida gapirib o‘tirmayman. Ularda ko‘plab ajoyib va iste’dodli o‘yinchilar bor, lekin men tafsilotlarga to‘xtalmayman.

Fursatdan foydalanib, do‘stim va O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Serchko Katanesga sog‘liq tilayman», - dedi 57 yoshli xorvatiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Manba: https://t.me/tractorclub1970
Kiritildi: 19:11, 23.11.2025.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик