Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

FIDE Jahon kubogi: Javohir Sindarov finalga chiqdi!

FIDE Jahon kubogi: Javohir Sindarov finalga chiqdi!

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi o‘zining yakuniga yaqinlashib qoldi. Bugun esa yarim final bosqichi doirasida tay-brek bahslari bo‘lib o‘tdi.

Javohir Sindarov qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, 15+10 formatida o‘tkazilgan ilk rapid bahsida Nodirbek Yoqubboyevni mag‘lub etdi. Hamyurtlarimiz o‘rtasidagi ikkinchi o‘yinda esa durang qayd etildi. Shu tariqa, Javohir Sindarov jahon kubogi finaliga chiqdi. Shu bilan birgalikda, o‘zbekistonlik grossmeyster Jahon toji uchun talabgorlar musobaqasini qo‘lga kiritdi.

Javohir jahon kubogi finalida xitoylik Vey Yiga qarshi dona suradi. Ushbu sportchi bugun rossiyalik Andrey Yesipenko ustidan g‘alaba qozondi. Birinchi partiyada durang qayd etilgach, ikkinchi o‘yinda Yesipenko ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ammo 55 va 56-yurishda rossiyalik shaxmatchi qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, kutilmaganda, o‘z Ruxini raqibga berib qo‘ydi. Natijada Andrey mag‘lubiyatni tan oldi.

Jahon kubogi bronza medali uchun o‘zbekistonlik Nodirbek Yoqubboyev va rossiyalik Andrey Yesipenko o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.

Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar 24-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:26, 23.11.2025.
O'qildi: 1177 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.