Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn: "Hozir kelasi mavsum haqida o‘ylamayapman"

Keyn: "Hozir kelasi mavsum haqida o‘ylamayapman"

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn kelajagi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Keynning amaldagi mehnat shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

"Shoshilish yo‘q. Men haqiqatan ham Myunxenda baxtliman va buni mening o‘yinimdan ko‘rish mumkin. Agar qandaydir aloqalar bo‘lsa - ko‘ramiz. Ammo hozircha keyingi mavsum haqida o‘ylamayapman. Dastlab - yozda jahon chempionati. Bu mavsumdan keyin nimadir o‘zgarishi ehtimoli juda kam.

"Bavariya" muxlislari xavotirga tushishi kerakmi? Menimcha, yo‘q," - dedi Keyn.

Hammasi bo‘lib Xarri Keyn "Bavariya" safida 114 ta o‘yin o‘tkazib, 109 ta gol urgan va sheriklariga 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 22:34, 25.11.2025.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик