Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«London Chess Classic». Nodirbek Abdusattorov yana g‘alaba qozondi va ta’qibchi bilan oradagi farqni oshirdi

«London Chess Classic». Nodirbek Abdusattorov yana g‘alaba qozondi va ta’qibchi bilan oradagi farqni oshirdi

Baho:
+ | -

Angliyadagi «London Chess Classic» turnirida kecha 5-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ketma-ket to‘rtinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz bu safar gresiyalik Nikolas Teodoruga qarshi oq donalarda o‘ynadi. O‘yin ancha dramatik kechdi va Nodirbek ustunlikni bir necha marta qo‘ldan chiqardi. Abdusattorov debyutdan ustunlik bilan chiqdi va raqibga bosimni oshirib bordi. Ammo 18-20-yurishlarga kelib vatandoshimiz pozision kichik xatolikka yo‘l qo‘ydi. Oqibatda vaziyat tenglashib qoldi.

26-yurishda esa Teodoru qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U o‘z Farzinini Nodirbekka topshirib, evaziga Rux va Filni qo‘lga kiritdi. Natijada ustunlik yana Abdusattorov tomoniga o‘tdi va 35-yurishga kelib o‘zbek shaxmatchisi g‘alabaga juda yaqin keldi. Ammo vatandoshimiz aniq yurishni topa olmagani uchun (oldi ochiq a yo‘lakdagi piyodani oldinga surish kerak edi) 37 va 38-yurishlarda noaniq harakat orqali vaziyat yana tenglashib qoldi.

Nikolas bu paytga kelib seytnot holatiga tushib qolgani uchun bo‘lsa kerak, 39-yurishda yana qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu safar Nodirbek ustunlikni qo‘lga kiritdi va 40-yurishda o‘z Farzinini qurbon qilib, piyodasini Farzinga chiqara oldi. 48-yurishda gresiyalik shaxmatchi mag‘lubiyatni tan oldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Nodirbek 4,5 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Ikkinchi o‘rindagi Alirizo Firuzja kecha durang o‘ynadi va o‘zbek sportchisidan 1,0 ochko ortda qolmoqda.

Nodirbek Abdusattorov bugun 6-tur doirasida Sem Shenklendga qarshi qora donalarda o‘ynaydi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:48, 01.12.2025.
O'qildi: 1672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.