Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laportaning "Barsa" iqtidoridan umidlari katta

Laportaning "Barsa" iqtidoridan umidlari katta

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Mark Bernalni yorqin kelajak kutmoqda, deb hisoblamoqda.

Mavsum boshida 18 yoshli futbolchi xochsimon bog‘lamidagi jarohatini davoladi, shu sababli u bir yildan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuborgandi. Shanba kuni yosh xavbek so‘nggi 15 oydan ko‘proq vaqt ichida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Sentyabr oyi oxirida Bernal "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi. Sport nashri xabariga ko‘ra, Laporta kelishuvdan so‘ng futbolchi bilan dadil rejalarini o‘rtoqlashgan: "Agar hammasi biz xohlagandek bo‘lsa, bir kun kelib sen "Barselona" sardoriga aylanasan.

Mark Bernal Kataloniya grandining asosiy jamoasi safida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Kiritildi: 13:32, 01.12.2025.
O'qildi: 2385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик