Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Bundesliga klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Bundesliga klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

"Augsburg" va jamoa bosh murabbiyi Sandro Vagner 1 dekabr kuni shartnomani bekor qildi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Klubda ta’kidlanishicha, 38 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan xayrlashish haqidagi qaror Vagner, "Augsburg" boshqaruvchi direktori Mixael Shtrol va sport direktori Benni Veber o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qabul qilingan.

Vagner "Augsburg"ni 2025 yilning iyulida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 14 o‘yinda 4 g‘alaba, 1 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etgan. Jumladan, Germaniya chempionatidagi 12 o‘yinning 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Jamoa Bundesliga turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda - 10 ochko.

"Augsburg" bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha Manuel Baum bajaradi.

Kiritildi: 08:31, 02.12.2025.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик