Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Olmo "Barselona"da qancha vaqt o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi

Olmo "Barselona"da qancha vaqt o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -1

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo seshanba kuni Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o‘yinda (3:1) olgan jarohati tufayli safdan chiqdi.

65-daqiqada ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning o‘yindagi ikkinchi golini urdi, ammo darhol zaxiraga olindi. Keyinroq futbolchining yelkasi chiqqanligi aniqlandi. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, xavbek uch hafta maydonga tusha olmaydi.

6 dekabr kuni "Barselona" "Betis"ga qarshi bahs olib boradi, keyin esa Frankfurtning "Ayntraxt" (09.12), "Osasuna" (13.12) va "Vilyarreal" (21.12) jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Dani Olmo joriy mavsum 17ta o‘yinda 4ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 08:43, 03.12.2025.
O'qildi: 3801 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик