Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Samorano: "Klubga bunday o‘yinchilar kerak"

Samorano: "Klubga bunday o‘yinchilar kerak"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Ivan Samorano Vinisius Junior haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Matbuotda braziliyalik vinger 2026 yilda "qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqida uzoq vaqtdan beri mish-mishlar yuribdi, ammo chililik sobiq hujumchining so‘zlariga ko‘ra, Madrid grandi futbolchi bilan xayrlashmasligi kerak.

"Vinisius kuchli xarakterga ega, u o‘yinlar davomida raqiblarga zarba beradi, ammo maydondan tashqarida shubhali bayonotlar bermaydi, ortiqcha shovqin ko‘tarmaydi. "Real"ga raqiblar bilan to‘qnashuvga olib kelsa ham, klubni jon-jahdi bilan himoya qiladigan futbolchilar kerak. Vinisius aynan shundaylardan", - deya Ivanning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

"Qaymoqranglilar"ning yulduzi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:50, 03.12.2025.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик