Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" xavbeki Niko APLda qanday o‘zgarganini gapirib berdi

"Manchester Siti" xavbeki Niko APLda qanday o‘zgarganini gapirib berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Niko Gonsales Angliyaga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘yinidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Ispaniyalik futbolchi joriy yilning fevral oyida "Portu"dan 60 mln yevro evaziga "shaharliklar" safiga ko‘chib o‘tgan edi.

"Ajoyib tajriba, men ko‘p narsani o‘rgandim. O‘ylaymanki, bu vaqt ichida men ko‘p jihatlarda - ham jismoniy, ham taktik jihatdan sezilarli darajada yaxshilandim. Biz har uch kunda o‘ynaymiz, bu moslashish va doimiy o‘sishni talab qiladi", - deya Nikoning so‘zlarini keltiradi City Report.

Joriy mavsumda 23 yoshli xavbek "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:21, 06.12.2025.
O'qildi: 510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик