Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Chelsi» hujumchisi 6-8 haftaga safdan chiqdi

«Chelsi» hujumchisi 6-8 haftaga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Liam Delap yaqin orada jamoaga yordam bera olmaydi.

22 yoshli futbolchi "Bornmut"ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda yelkasidan jarohat olib, birinchi bo‘limda zaxiraga olingandi. Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotiga ko‘ra, angliyalikning tiklanishi uchun olti haftadan sakkiz haftagacha vaqt ketadi.

Liam Delap "Chelsi"ga joriy yilning iyun oyida "Ipsvich"dan ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchi Enso Mareska jamoasi safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Seshanba kuni "ko‘klar" Chempionlar ligasi doirasida safarda Italiyaning "Atalanta" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 02:07, 08.12.2025.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик