Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Byudjet haqida o‘ylash kerak": "Bavariya" Gnabri bilan muzokaralar haqida gapirdi

"Byudjet haqida o‘ylash kerak": "Bavariya" Gnabri bilan muzokaralar haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" sport bo‘limi boshlig‘i Maks Eberl Serj Gnabrining yangi shartnomasi haqidagi savolga javob berdi.

Seshanba kuni 30 yoshli vinger Chempionlar ligasi doirasida Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi o‘yinda (3:1) gol urib, golli uzatmani amalga oshirgan holda qahramonlardan biriga aylandi.

"Biz muzokaralar olib boryapmiz. Yaxshi va ochiq muzokaralar. Optimal yechim topish kerak: bir tomondan, byudjet haqida o‘ylash kerak, boshqa tomondan - o‘yinchining talablarini qondirish kerak. Bu faqat Serjga emas, hammaga taalluqli. Bizning vazifamiz shu. Umid qilamanki, biz bu masalani hal qilamiz," - deya Eberlning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Serj Gnabriyning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.

Kiritildi: 08:45, 10.12.2025.
O'qildi: 487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик