Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Karlos Alkaras ATP tomonidan “Halol o‘yin” mukofoti bilan taqdirlandi

Karlos Alkaras ATP tomonidan “Halol o‘yin” mukofoti bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -

“Katta dubulg‘a” turnirlarining olti karra g‘olibi, jahonning birinchi raqamli raketkasi hisoblangan ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras uch yil ichida ikkinchi bor Stefan Edberg nomidagi “Halol o‘yin” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqida ATP matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu nominasiyada Alkaras kanadalik Feliks Oje-Alyassim, bolgariyalik Grigor Dimitrov va norvegiyalik Kasper Ruudni ortda qoldirdi. Nomzodlar Xalqaro tennis jurnalistlari assosiasiyasi (ITWA) tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan bo‘lib, g‘olib ilk bor dunyoning amaldagi va sobiq birinchi raketkalari bo‘lgan 29 nafar tennischi tomonidan tanlangan.

Alkarasning bu yilgi eng yorqin feyr-pley namoyishlaridan biri Roland Garros’da Ben Sheltonga qarshi 4-bosqich bahsida yuz berdi. O‘sha epizodda Alkaras to‘pni qaytarish uchun maksimal darajada cho‘zilib, zarba berdi. Dastlab ochko Alkarasga berilgan edi, biroq u darhol hakamga murojaat qilib, zarba paytida raketkani qo‘lidan chiqarib yuborgani va to‘pni raketka qo‘lida bo‘lmagan holatda qaytarganini aytdi. Qoidalarga ko‘ra, bunday epizodda ochko Sheltonga berilishi kerak edi.

“Buni aytmasam, o‘zimni aybdor his qilardim”, — degan edi Alkaras o‘yin yakunida.

Endilikda Alkaras ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Todd Martin, Aleks Korretxa va Paradorn Shrichapan bilan tenglashdi. Ro‘yxatning yuqori qismida esa “Katta dubulg‘a” turnirlarining 20 karra chempioni Rojer Federer (13 marta) yetakchilik qilmoqda. Undan so‘ng Stefan Edberg va Rafael Nadal (har ikkisi 5 martadan), shuningdek, Patrik Rafter (4 marta) qayd etilgan.

22 yoshli ispaniyalik tennischi ushbu mukofotni ilk bor 2023 yilda qo‘lga kiritgan, u o‘sha mavsumni ATP reytingida birinchi o‘rinda yakunlagan edi. 2025 yilgi mavsumda esa Karlos ikkita “Katta dubulg‘a” turniri — Roland Garros va US Open musobaqalarida g‘olib bo‘ldi, uchta Masters turnirini yutdi va uchta ATP 500 toifasidagi musobaqada zafar quchdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:33, 10.12.2025.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.