Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Vitaliy Denisov: «Eng kamida guruhdan chiqish kerak — buning o‘ziyoq yaxshi natija bo‘ladi»

Vitaliy Denisov: «Eng kamida guruhdan chiqish kerak — buning o‘ziyoq yaxshi natija bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov 2026 yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati qur’asi natijalaridan mamnun ekanligini bildirdi, deb xabar berdi Sovsport.ru nashri.

Jahon chempionati final bosqichiga ilk bor yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhdagi qolgan bir o‘rinni Kongo, Yangi Kaledoniya va Yamayka o‘rtasidagi bahs hal qiladi.

«Guruh juda jiddiy. Portugaliya haqida biror narsa deyish shart ham emas — hammasi ancha ravshan. Kolumbiya ham kuchli raqib, lekin jahon chempionatida boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Menimcha, guruh ajoyib, qur’adan mamnunman.

Ronalduga qanday qarshi turish mumkin? Murabbiylar shtabi hammasini batafsil o‘rganib chiqadi, ortiqcha narsa o‘ylab topishmaydi. U yerda xavf faqat Ronaldudan kelmaydi. Joau Nevesh, Brunu Fernandesh, Vitinya — yuqori toifadagi futbolchilar juda ko‘p. Bizni juda qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Bir tomondan, O‘zbekiston uchun birinchi jahon chempionatida maqsadlar uncha muhim emas degan fikrga qo‘shilaman. Boshqa tomondan esa, faqat ishtirok etishdan ko‘ra ko‘proq narsani istaysan. Eng kamida guruhdan chiqish kerak — buning o‘ziyoq yaxshi natija bo‘ladi.

Hozircha bizdan qancha mutaxassis va muxlis boradi, bilmayman, ammo AQSHda o‘zbek diasporasi juda katta, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlovisiz qoldirishmaydi. O‘zimning borishim haqida hozircha bilmayman, chunki chipta topish qiyin bo‘ladi — faqat Portugaliya bilan o‘yinga emas, balki istalgan bahsga», — dedi Denisov.

Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. 48 ta jamoa ishtirok etadigan turnir 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.

Manba: sovsport.ru
Kiritildi: 14:34, 11.12.2025.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.