Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

La Ligada eng ko‘p qimmatlashgan futbolchi aniqlandi

La Ligada eng ko‘p qimmatlashgan futbolchi aniqlandi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portalida La Liga futbolchilari narxlarining yangilangan baholari e’lon qilindi va asosiy «g‘olib» Arda Gyuler bo‘ldi.

«Real»ning hujumkor yarim himoyachisi 20 yoshida birdaniga 30 million yevroga qimmatlashdi va umumiy bahosi 90 million yevroga yetdi. Bu Ispaniya chempionatida haftaning eng katta o‘sishi bo‘ldi.

Undan keyin ro‘yxatda Kilian Mbappe joy olgan — fransuz futbolchisining transfer qiymati yana 20 millionga oshib, 200 million yevroga yetdi. Bu esa uni dunyoning eng qimmat futbolchilari uchligida mustahkam ushlab turibdi.

Qiymati o‘sgan navbatdagi futbolchilar esa «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes va «Real» himoyachisi Alvaro Karreras bo‘ldi — har biri yana 10 million yevro qo‘shdi. Endi Lopes 70 million yevro, Karreras esa 60 million yevroga baholanmoqda.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:05, 12.12.2025.
O'qildi: 3282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.