Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Arina Sobolenko ketma-ket ikkinchi bor yilning eng yaxshi ayol tennischisi deb topildi

Arina Sobolenko ketma-ket ikkinchi bor yilning eng yaxshi ayol tennischisi deb topildi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirlarining to‘rt karra g‘olibi, ayollar o‘rtasida dunyoning birinchi raqamli raketkasi bo‘lgan belaruslik tennischi Arina Sobolenko WTA Player Awards yillik mukofoti doirasida yilning eng yaxshi ayol tennischisi deb e’tirof etildi. Bu Sobolenko uchun ushbu nominasiyadagi ketma-ket ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

2025 yilning eng yaxshi tennischisi unvoni uchun Sobolenko bilan quyidagi sportchilar ham kurash olib bordi:

Iga Shventek (Polsha);
Amanda Anisimova (AQSH);
Yelena Ribakina (Qozog‘iston);
Kori Gauff (AQSH);
Medison Kiz (AQSH).

Nominasiyalar g‘oliblari an’anaga ko‘ra tennis turnirlarini yoritib boruvchi xalqaro OAV vakillari tomonidan aniqlanadi.

2025 yil davomida Arina Sobolenko AQSH ochiq chempionati, shuningdek, Mayami (AQSH) va Madrid (Ispaniya) shaharlarida o‘tkazilgan “Masters 1000” musobaqalarida hamda Brisben (Avstraliya) shahridagi WTA 500 turnirida g‘alaba qozondi. Shuningdek, u Australian Open, Roland Garros va WTA Finals — mavsumning yakuniy turniri finallarida mag‘lub bo‘ldi.

Arina Sobolenko faoliyati davomida 27 ta WTA miqyosidagi turnirda g‘olib chiqqan bo‘lib, shundan 21 tasi yakkalik bahslariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u 2017 yilda Belarus milliy terma jamoasi safida Federasiya kubogi (hozirgi Billie Jean King Cup) finalchisi bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:10, 16.12.2025.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик