Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Yaponiya terma jamoasi yetakchisi JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi

Yaponiya terma jamoasi yetakchisi JCH-2026ni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«Monako» klubi Fransiya Kubogi doirasidagi o‘yinda jarohat olgan yaponiyalik hujumchi Takumi Minaminoning og‘ir shikastlanishi haqida rasman ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, 30 yoshli futbolchida chap tizzasining oldingi kesishma bog‘lami uzilishi yuz bergan.

Jarohat yakshanba kuni Fransiya Kubogida «Oser»ga qarshi o‘tkazilgan va «Monako»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda yuzaga kelgan. Minamino birinchi bo‘limda raqib bilan keskin to‘qnashuvdan so‘ng shikastlandi, epizod yaponiyalik futbolchiga ogohlantirish berilishi bilan yakunlandi. O‘yinni davom ettira olmagan Minamino maydonni zambilda tark etdi.

Uchrashuvdan keyin «Monako» bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli Minamino zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun shifoxonaga yuborilganini ma’lum qildi. Murabbiylar shtabi xavotirlari ertasi kuni tasdiqlandi — klub oldingi kesishma bog‘lami uzilganini rasman e’lon qildi.

Ushbu jarohat «Monako» uchun ham, Yaponiya terma jamoasi uchun ham jiddiy yo‘qotish hisoblanadi, ayniqsa jahon chempionatiga olti oydan sal ko‘proq vaqt qolganini inobatga olganda. Joriy mavsumda Minamino «Monako» safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Endi u mavsumning qolgan qismini va, ehtimol, 2026 yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Yaponiya terma jamoasi safida Minamino 73 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol muallifi bo‘lgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 08:11, 23.12.2025.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик