Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Zirkzeening kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

"Manchester Yunayted" Zirkzeening kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yanvar transfer oynasida hujumchi Joshua Zirkzeni tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda ESPN manbalarga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, bunday qaror ko‘p sonli jarohatlanganlar va futbolchilarning Afrika Kubogiga ketishi bilan bog‘liq.

Muntazam o‘yin amaliyotida muammolarga duch kelayotgan 24 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Vest Xem" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning "MYU" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 06:03, 24.12.2025.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик