Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Samvel Babayan: «Jamoamizning salohiyati yuqori ekaniga ishonaman»

Samvel Babayan: «Jamoamizning salohiyati yuqori ekaniga ishonaman»

Baho:
+ | -

«Al-Ahli» — «Andijon» uchrashuvi oldidan «As-Sumama» stadionida tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Damir Temirov ishtirok etdilar.

Samvel Babayan:
— Xayrli kech. Ertaga jamoamizni juda muhim o‘yin kutib turibdi. Yana bir bor Qatarda bo‘lib turganimdan xursandman. Bu yerda futbol uchun juda ideal sharoitlar yaratilgan. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Biz juda yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. «Al-Ahli» — Qatar futbolining tarixi hisoblanadi. Bu klubda saviyali o‘yinchilar jamlangan. Yulian Drakslerni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. U «Al-Ahli»dagi maqomi yuqori bo‘lgan legionerlardan biri. Biz ertaga kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Ko‘p narsaga e’tibor bermay, o‘z maqsadimizga erishish uchun harakat qilamiz. Yaqindagina klubni qabul qilib oldim. Jamoa biroz qiyin vaziyatda qolgan edi. Oldimizda ikkita muhim o‘yin bor edi: biri chempionatda, ikkinchisi OCHL 2 musobaqasida. Birinchisini yaxshi bajardik, ikkinchisi esa ertaga bo‘ladi. Boshchiligimda, albatta, bu vazifani ham bajarishga harakat qilamiz. Ijobiy natijaga erishib, guruhdan chiqishga intilamiz.

Damir Temirov:
— Jamoamizda muhit juda yaxshi. Hammamiz jangovor holatda keldik. Xudo xohlasa, ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Ertangi uchrashuvda kimlar maydonga tusha olmaydi?

Samvel Babayan:
— Afsuski, bizda bir qator yo‘qotishlar bor. Oilaviy sabablarga ko‘ra asosiy o‘yinchilarimizdan biri — Otabek Jo‘raqo‘ziyev bu o‘yinga kela olmadi. Mavsum oxiriga yaqin bir qator futbolchilarda jarohatlar bor edi. Lekin iloji boricha ushbu uchrashuvga yaxshi holatda yetib kelishga harakat qildik.

Sizning Qatar jamoalariga qarshi o‘yinlardagi natijalaringiz ijobiy. Masalan, oxirgi marta «Navbahor» bosh murabbiyi sifatida bu yerda «Al-Vakra»ni mag‘lub etgansiz. Qatardagi g‘alabali yurishingizni bu safar ham davom etirishingizga qay darajada ishonasiz?

Samvel Babayan:
— Ha, haqiqatan ham Qatar jamoalariga qarshi o‘ynash borasida tajriba yetarli. 2023 yilda «Navbahor»ni o‘zim tuzgandim va jamoa yaxshi natijalar ko‘rsatgan. O‘zim jamlaganim uchun o‘yinchilar falsafamizni to‘liq tushunib yetgan edi. Hozirgi paytga to‘xtalsam, men jamoani to‘rt hafta avval qabul qilib oldim. Ya’ni klubni qanday holatda bo‘lsa, shundayligicha qabul qildim. Uch haftadan beri birgalikda qattiq ishlayapmiz. Jamoamizning salohiyati yuqori ekaniga ishonaman. Shuni aytishim mumkinki, o‘tgan turda o‘z uyida «Arkadag»ni mag‘lub etib, vazifani hal qilish imkoniyati bor darajada salohiyatli jamoa ekanini ko‘rsatdi. Jamoa bilan birga bo‘lib, mashg‘ulotlar o‘tkazib, klub salohiyati yuqori ekaniga ishonch hosil qildim. Lekin shunga qaramasdan, bu holat ertangi uchrashuv oldidan zimmamizdan mas’uliyatni olib qo‘ymaydi. Hozir biz yanada jipslashishimiz, avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilashimiz va guruhdan chiqish vazifasini bajarishimiz kerak.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:41, 24.12.2025.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.