Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Rasman! Dragan Cheran «Andijon» bilan shartnoma imzoladi

Rasman! Dragan Cheran «Andijon» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum uchun seleksiya ishlarini davom ettirayotgan «Andijon» navbatdagi transferni amalga oshirdi.

O‘zbekiston chempionatida to‘p surib eng yaxshi legionerlardan biri bo‘lib kelgan to‘purar hujumchi Dragan Cheran bilan shartnoma imzolandi. U ortda qolgan mavsumni «Nasaf» safida o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Dragan 1987 yilning 6 oktyabr kuni Serbiyada tavallud topgan. Tajribali futbolchi faoliyati davomida “Smederevo 1924” (Serbiya), «Pojarevas» (Serbiya), «Vesterlo» (Belgiya), “Xapoel Xayfa” (Isroil), “Makkabi Netaniya” (Isroil), «Simurg» (Ozarbayjon), «Xajer» (Saudiya Arabistoni), «Vardar» (Makedoniya), «Paxtakor» va «Nasaf» klublarida to‘p surgan.

Cheranning yurtimizdagi faoliyati 2016 yildan boshlangan. U 2019 yildan 2024 yilgacha ketma-ket 6 marta O‘zbekiston chempionati to‘purariga aylangan. Bu borada Cheran O‘zbekiston chempionatida mutlaq rekordchi sanaladi.

Dragan faoliyati mobaynida shu paytgacha 538 ta o‘yinda maydonga tushib 239 ta gol urgan va 57 ta golli uzatmani bajargan.

Jumladan, Superligada 226 o‘yinda raqiblar darvozasiga 147 ta to‘p kiritgan.

Shuningdek, Cheran 5 karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra Superkubok g‘olibi va 2 marta Kubok sohibiga aylangan.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:56, 25.12.2025.
O'qildi: 1527 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.