"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexining "Real Madrid"ga o‘tish ehtimoli kam.
Yevropa gigantlari mavsum tugaganidan keyin erkin agentga aylanadigan "burgutlar" sardorini o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda.
ESPN xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi "Real Madrid"ga o‘tish istagini bildirgan, ammo klub bu savdoda ishtirok etishi ehtimoli kam.
Turli manbalarga ko‘ra, Mark Gexiga "Bavariya", "Barselona", "Liverpul" va boshqa top klublar ham qiziqish bildirmoqda.













