"Arsenal" sardori Martin Edegor joriy mavsum Premyer-ligadagi ilk golini urdi.
Yarim himoyachi Angliya Premyer-ligasining 18-turida "Brayton"ga qarshi o‘yinda darvozani ishg‘ol qildi.
Edegor bu mavsumda yelka va tizzadagi muammolar tufayli har doim ham maydonga tusha olmadi. "Brayton"ga qarshi o‘yin uning "Arsenal" safida Premyer-liganing joriy mavsumidagi 12-bahs bo‘ldi.













