Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Semenyoning agentlari transferni rasmiylashtirish uchun Manchesterga kelishadi

Semenyoning agentlari transferni rasmiylashtirish uchun Manchesterga kelishadi

Baho:
+ | -

"Bornmut" hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semenyo "Manchester Siti"ga ishga joylashishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining agentlari bugun, 29 dekabr kuni muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun Manchesterga kelishadi. 25 yoshli ganalik vingerning transfer narxi 65 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining "Bornmut" bilan mehnat shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida afrikalik futbolchi 17 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Semenyo o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:45, 29.12.2025.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик