Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov blis bo‘yicha JCHda 2-o‘rinni egalladi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov blis bo‘yicha JCHda 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Qatarning Doha shahrida shaxmatning blis yo‘nalishidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida shaxmatchilar shveysarcha tizimdagi so‘nggi 6 ta bahsni o‘tkazishdi.

Nodirbek Abdusattorov asosiy bosqichda 13 ochko to‘pladi va 4-o‘rinni egalladi. U qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zi bilan teng ochko to‘plagan raqiblaridan ustunlikka erishdi. Natijada Nodirbek final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Javohir Sindarov esa asosiy bosqichda 12,5 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinni egalladi (2500 yevroni qo‘lga kiritdi).

Asosiy bosqichda 15 ochko to‘plagan holda peshqadamlikni qo‘lga kiritgan hindistonlik Arjun Erigaisi hal qiluvchi bosqichning yarim finalida Nodirbek Abdusattorov bilan to‘qnash keldi. Reglamentga ko‘ra, shaxmatchilar 4 partiya o‘ynashi ko‘zda tutilgan edi. Ammo Abdusattorov final bosqich yo‘llanmasini 3 ta o‘yinda hal qildi. Hamyurtimiz dastlabki 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, uchinchi o‘yinda durang qayd etdi.

Ikkinchi yarim finalda Magnus Karlsen AQSHlik Fabiano Karuana ustidan 2,5 - 1,5 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.

Final esa dramatik kechdi. Nodirbek qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, birinchi bahsda g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘yinda vaziyat mutlaq teng edi. Ammo o‘yin so‘ngida vatandoshimiz tomonidan yo‘l qo‘yilgan birgina xato mag‘lubiyat bilan tugadi.

Uchinchi partiyada durang qayd etildi. To‘rtinchi o‘yinda esa Nodirbek ustunlikni qo‘lga kiritdi va raqib mudofaasi tomon bosim uyushtirdi. Ammo hal qiluvchi pallada g‘alaba olib boruvchi yo‘lni topa olmadi va raqibning taklifini qabul qilib, Farzinlarni almashdi. Endshpilda esa Magnus teng vaziyatni g‘alabaga aylantira oldi — 1:3.

Shu tariqa, Abdusattorov blis bo‘yicha jahon chempionatini kumush medal bilan yakunladi. Buning evaziga u 50.000 yevro mukofot puligi ega bo‘ldi.

Magnus Karlsen esa ham rapid, ham blis yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ayollar turnirida Umida Omonova ilk unda juda yaxshi natija qayd etib, 3-o‘rinda borayotgandi. Ammo bugungi bahslarda hamyurtimiz biroz qiyinchilikka duch keldi. Yakunda u 10 ochko bilan 8-pog‘onani band etdi va 5500 yevro mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:09, 30.12.2025.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик