Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Tayson Fyuri ringga qaytmoqda

Tayson Fyuri ringga qaytmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan britaniyalik bokschi Tayson Fyuri (34–2–1, 24 nokaut) 2026 yilda ringga qaytishini ma’lum qildi.

“2026 yil qaytish yili bo‘ladi. Ma’lum vaqt ringdan uzoqda bo‘ldim, biroq qaytyapman. 37 yoshdaman va hanuz safdaman. Odamning yuziga zarba berib, buning uchun pul olishdan yaxshiroq narsa yo‘q”, deb yozdi Fyuri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri 2025 yil boshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Uning so‘nggi jangi 2024 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, britaniyalik bokschi mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan bahsda ukrainalik Aleksandr Usik bilan revansh jangida hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgan edi.

Avvalroq, professional boksning super og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, WBA, WBC va IBF kamarlari sohibi Oleksandr Usik WBC chempionlik kamarini ixtiyoriy ravishda himoya qilish bo‘yicha rasmiy ariza topshirgani va Jahon boks kengashi (WBC) mazkur jangga ruxsat bergani xabar qilingan edi. Usik Fyuri bilan emas, balki 40 yoshli sobiq chempion Deontey Uaylderga qarshi jang o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:42, 04.01.2026.
O'qildi: 2047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик