Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Manchester Yunayted» Fergyusondan keyin murabbiylar uchun taxminan 100 mln funt kompensasiya to‘lagan

«Manchester Yunayted» Fergyusondan keyin murabbiylar uchun taxminan 100 mln funt kompensasiya to‘lagan

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi ser Aleks Fergyuson jamoani tark etganidan keyin murabbiylar va murabbiylar shtabi a’zolariga kompensasiya sifatida taxminan 100 mln funt sterling (115 mln yevro) sarflagan. 5 yanvar, dushanba kuni klub bosh murabbiy Ruben Amorimni ishdan bo‘shatdi. U shartnomasining qolgan bir yarim yili uchun 10 mln funt (11,5 mln yevro) miqdorida kompensasiya oladi, deya xabar beradi The Telegraph.

Fergyuson 2013 yilda jamoani tark etganidan beri «MYU» murabbiylar va ularning shtablariga jami 78 mln funt (90 mln yevro) kompensasiya to‘lagan. Xususan, iste’foga chiqarilgan murabbiylar quyidagi miqdorda kompensasiya puli olishgan:

Devid Moyes — 4,9 mln funt (5,6 mln yevro)
Lui van Gal — 8,4 mln funt (9,6 mln yevro)
Joze Mourinyu — 19,6 mln funt (22,5 mln yevro)
Ule-Gunnar Sulsher — 10 mln funt (11,5 mln yevro)
Ralf Rangnik — 14,7 mln funt (16,9 mln yevro)
Erik ten Xag — 10 mln funt (11,5 mln yevro).

Bundan tashqari, klub murabbiylarni taklif qilish, direktorlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq jarayonlarga ham taxminan 21 mln funt (24 mln yevro) sarflagan. Eng katta kompensasiya 11 mln funt (12,6 mln yevro)ni tashkil etgan bo‘lib, u 2024 yilda Amorimni tayinlash uchun «Sporting» klubiga to‘lab berilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:06, 07.01.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик