Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 21-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Brayton” uchrashuvida (1:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Husanov o‘yin davomida 80 marta to‘pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 71 bor uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 66 tasi aniq manzilga yetib bordi — 93 foiz. Sofascore portali futbolchining harakatlarini 7,1 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

Himoyaviy harakatlar: 6 marta
Faol kurash orqali to‘pni olib qo‘yish: 2 marta (barchasi muvaffaqiyatli)
Raqib zarbasini to‘sib qolish: 2 marta
Tozalashlar: 2 marta
Yerda kurashlar: 3 marta (barchasi muvaffaqiyatli)
Havodagi kurashlar: 1 marta (muvaffaqiyatli)
Vaziyatdan foydalanib to‘pni qaytarib olish: 7 marta

“Manchester Siti” a’zosi Rayan Sherki uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 7,9 ball. “Brayton” tarkibida esa Kaoru Mitoma o‘yinning eng yaxshisi sifatida e’tirof etildi. Yaponiyalik futbolchi jamoasining yagona goliga mualliflik qildi va Sofascore tomonidan 7,8 ballga loyiq ko‘rildi.



Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini Angliya Liga Kubogi doirasida “Ekseter Siti” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 10-yavar kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:16, 08.01.2026.
O'qildi: 3824 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик