Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

APL top-klublari Bredli Barkolyani o‘z safida ko‘rmoqchi

APL top-klublari Bredli Barkolyani o‘z safida ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

"Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul" klublari "PSJ" qanot hujumchisi Bredli Barkolya transferi bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli vinger kelasi yozda fransuz grandini tark etish uchun nomzod bo‘lishi mumkin, ammo "PSJ" qishki transfer oynasida futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi. Shu bilan birga, joriy mavsum yakunida Barkola bilan yangi shartnoma bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Hujumchi 2023 yil yozidan beri "PSJ"da o‘ynamoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:44, 09.01.2026.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик