Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Branko Chirich: “Andijon”da ishlash uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan va rivojlanish uchun intilish ham katta”

Branko Chirich: “Andijon”da ishlash uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan va rivojlanish uchun intilish ham katta”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin “Andijon” murabbiylar shtabiga serbiyalik mutaxassis Branko Chirich qo‘shildi.

U jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishlaydi va Samvel Babayanning murabbiylar shtabidan o‘rin oldi.

Klub matbuot xizmati Chirich bilan suhbatlashdi.

- “Andijon” taklifni qabul qilishingizga nima turtki berdi?

- “Andijon”dan kelgan taklif menga professional nuqtai nazardan juda qiziq tuyuldi. Klub katta maqsadlarga ega. Ishlash uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan va rivojlanishga intilish ham katta. Bu yerdagi loyihalar menga ma’qul va jamoaning muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘sha olishimga ishonaman.

- Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi juda muhim. Ayting-chi, futbolchilar qachon siz o‘ylagan darajaga chiqadilar?

- Jismoniy tayyorgarlik - vaqt hamda tizimli mehnat talab qiladigan jarayondir. Biz allaqachon ijobiy o‘zgarishlarni ko‘ryapmiz. Ammo eng yuqori darajaga mavsum davomida bosqichma-bosqich yetib boramiz. Eng muhimi, barqarorlik, intizom va to‘g‘ri yuklama.

- “Andijon” klubi haqida avval qanday ma’lumotga ega bo‘lgansiz?

- Men “Andijon”ni o‘z tarixiga, sadoqatli muxlislariga va an’analarga ega klub sifatida bilardim. Shuningdek, jamoaning yuqori o‘rinlar uchun kurashish hamda zamonaviy futbolni rivojlantirishga bo‘lgan intilishidan ham xabardor edim.

- Siz “Astana” bilan sovrinlarni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynagansiz. Futbolchilar yaxshi jismoniy formada edi. “Andijon”da ham maqsadlar katta va gollar juda muhim...

- Jismoniy tayyorgarlik o‘yin sifatiga, intensivlikka va natijadorlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Futbolchilar jismonan yaxshi tayyor bo‘lsa yuqori sur’atda o‘ynay oladi. Ko‘proq golli vaziyatlar yaratiladi va ko‘proq gollar urishadi. “Andijon”da ham jamoani kuchli, chidamlik hamda raqobatbardosh qilish ustida ishlayapmiz.

- Jamoamizdagi faoliyatingizda muvaffaqiyat tilayman.

- Rahmat.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:50, 11.01.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик