UFC shon-shuhrat zali a’zosi, yengil vazn toifasida promoushenning sobiq kamari sohibi Habib Nurmagomedov taniqli futbolchilar Uesli Sneyder va David Trezege bilan uchrashdi. U suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirgan.

"Ko‘rishish juda yoqimli bo‘ldi, Habib", - deb yozadi Sneyder.














