Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Otabek Boymurodov: «O‘yin uslubi jihatidan Tibo Kurtua menga yaqin, chunki u ham baland bo‘yli»

Otabek Boymurodov: «O‘yin uslubi jihatidan Tibo Kurtua menga yaqin, chunki u ham baland bo‘yli»

Baho:
+ | -

Qishki  transfer davrida "Surxon" klubi safiga o‘tgan Otabek Boymurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Otabek, avvalo «Surxon» taklifi qanday paydo bo‘ldi va nega aynan ushbu klubni tanladingiz?
— Menga jamoa bosh murabbiyi Stanislav Petrovich qo‘ng‘iroq qildi. U mening faoliyatim rivoji uchun istiqbolli deb hisoblagan loyiha haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bu shahar men uchun begona emas — onam Surxondaryoda tug‘ilib, shu yerda voyaga yetgan.

— Siz mamlakatimizdagi eng yaxshi yosh darvozabonlardan biri sifatida e’tirof etilmoqdasiz. Shu bilan birga, «Surxon» safida yosh posbonlar — Dilshod Yo‘ldoshev va Davron Merganov ham bor. Raqobatga munosabatingiz qanday?
— Men sog‘lom raqobatni ijobiy qabul qilaman. Raqobat insonni har kuni o‘sishga va rivojlanishga undaydi. Dilshod va Davronni yaxshi bilaman, ularni hurmat qilaman — ikkalasi ham kuchli darvozabonlar. Men ulardan yoshroqman, ammo bu katta ahamiyatga ega emas. O‘ylaymanki, bir-birimizdan ko‘p narsa o‘rganamiz.

— Jamoadagi muhit qanday va kimlar bilan tezroq til topishdingiz?
— Jamoada muhit yaxshi. Yigitlarning aksariyati bilan avvaldan tanishman, turli jamoalarda birga o‘ynaganmiz. Qolganlari bilan ham tanishib oldim. Ayni paytda eng ko‘p Davron Merganov bilan muloqot qilaman.

— 2023 yilda siz U-20 Osiyo Kubogi chempioni bo‘ldingiz va musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topildingiz. Asosiy yutuqlaringizga erishib bo‘ldingiz, deb hisoblaysizmi?
— Menimcha, asosiy yutuqlar hali oldinda. Osiyo Kubogi — o‘tgan bosqich. Endi oldinga intilib, yangi maqsadlar sari harakat qilish kerak.

Shu bilan birga, O‘zbekiston futbolida yaratilayotgan sharoitlarni ham ko‘rib turibmiz — yangi maydonlar qurilmoqda, futbolchilar uchun imkoniyatlar kengaymoqda. Bu esa mehnat orqali katta natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Eng muhimi — o‘z ustida ishlash.

— Ushbu mavsumda klub rahbariyati jamoa oldiga qanday vazifalar qo‘ygan?
— Jamoamiz yosh, ammo salohiyati yuqori. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. «Surxon»da yosh futbolchilarga katta e’tibor qaratilayotganini avvaldan bilardim. Bu ham qarorimga ta’sir qildi. Qo‘yilgan maqsadlar maksimal darajada yuqori.

— Qaysi mashhur darvozabonning o‘yinini kuzatishni yoqtirasiz?
— Avvalo, Manuel Noyerning o‘yinini kuzataman. U ko‘p yillar davomida yuqori darajani ushlab kelmoqda. O‘yin uslubi jihatidan esa Tibo Kurtua menga yaqin, chunki u ham baland bo‘yli. Uning harakatlaridan darvozabon uchun zarur jihatlarni o‘rganishga harakat qilaman.

— «Surxon» muxlislariga tilaklaringiz?
— Har bir o‘yinda muxlislarni xursand qilishni istaymiz. Biz katta mas’uliyatni his qilamiz, chunki butun Surxondaryo bizdan natija kutadi. Muxlislarning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Har bir uchrashuvda bor kuchimizni sarflashga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 08:58, 16.01.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.