Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Samvel Babayan: “Biz yangi jamoa quryapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish"

Samvel Babayan: “Biz yangi jamoa quryapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish"

Baho:
+ | -

«Andijon»ning «Vashash» (Vengriya) klubiga qarshi uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

“Birinchi bo‘limda biroz eksperimental tarkibni tushurdik, yosh futbolchilarga o‘ynash imkonini berdik. Markaziy himoyada o‘z joyiga ega bo‘lmagan futbolchilar harakatlandi. Ishtiyoq bo‘lgani bilan har jabhada o‘yin chiqmadi. Ikkinchi bo‘limda esa optimal tarkib maydonga tushirildi. O‘yinni o‘zgartirib, vaziyatlar yaratildi. Tushunarsiz gol o‘tkazib yuborildi. Lekin hujumda vaziyatlar yaratdik.

Hali qilinadigan ishlar ko‘p. Yaxshi, yuqori tezlikda harakatlanish uchun birinchi bosqichda yana 20 yanvar sanasida o‘yinimiz bor. Bunda biz funksional va o‘yin tonusiga tushishni maqsad qilib qo‘yamiz. Rejali dasturimizga jiddiy tarzda yondashmoqdamiz. Gol o‘tkazib yuborganimizda hech kim ruhiy bosimga tushgani yo‘q. Bu o‘yin bizga aksincha kamchiliklar ustida ishlashga yordam beradi. Biz hozir optimal jismoniy holatda emasmiz. Biz yangi jamoa quryapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

Albatta, hali hech qaysi futbolchilar o‘z formasida emas. Individual dastur asosida ishlayotganlar bor. Bular - Jamshid Boltaboyev, Nemanya Chalasan, Muhammadkarim Toirov shular qatorida. Martin Boakeni tarkibga kelishini kutyapmiz, bugun u tarkibimizga kelib qo‘shiladi. Asosiy vazifa mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun tez fikrlaydigan, tez harakatlanadigan pressing asosida o‘yin namoyish etadigan raqiblarni tanlamoqdamiz. Nazorat o‘yinlarini tahlil qilamiz, xatolar ustida ishlaymiz. O‘ylaymanki, chempionatga optimal formaga tushgan holda kirib boramiz, - deya fikr bildirdi Samvel Vyacheslavovich.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 12:40, 17.01.2026.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик