Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Debyutdagi xatodan jamoa yetakchisi bo‘lishgacha — Squawka nashri Abduqodir Husanov haqida maqola e’lon qildi

Debyutdagi xatodan jamoa yetakchisi bo‘lishgacha — Squawka nashri Abduqodir Husanov haqida maqola e’lon qildi

Baho:
+ | -1

Debyut uchrashuvida yo‘l qo‘yilgan kichik xatodan so‘ng Abduqodir Husanov tanqidlar ostida qolgan edi. Ammo vaqt, sabr va to‘g‘ri yondashuv o‘zbekistonlik himoyachiga o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash imkonini berdi. Bugunga kelib Husanov “Manchester Siti” safida o‘zining haqiqiy salohiyatini namoyon etmoqda. Squawka nashri futbolchining Angliyadagi dastlabki qiyin davri, o‘ziga nisbatan ishonchni qayta tiklashi hamda so‘nggi uchrashuvlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlarini batafsil tahlil qildi.

Yosh himoyachi Angliyadagi faoliyatini omadsiz boshlagani sabab ma’lum darajada “obro‘” orttirib oldi. Abduqodir Husanov o‘tgan yilning yanvar oyida bo‘lgan “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda debyut qildi. Futbolchi dastlabki daqiqalardayoq xatoga yo‘l qo‘yib, raqib goliga sababchi bo‘lgandi. “Manchester Siti” o‘sha uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, ushbu epizod muxlislar va futbol tahlilchilari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoldi.

Shundan buyon Husanovning har bir o‘yini aynan shu epizod orqali baholanadigan bo‘ldi. Pep Gvardiola vaziyatni to‘g‘ri baholab, yosh futbolchini bosimdan himoyalash maqsadida uni vaqtincha asosiy tarkibdan chetlatdi. 21 yoshli himoyachi Angliyaga kelganidan keyingi 12 oy ichida APL doirasida atigi olti marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Yangi mamlakatga moslashish, talablar nihoyatda yuqori bo‘lgan jamoaga kelishning o‘ziyoq murakkab vazifa edi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Husanov ingliz tilini bilmagani ham moslashuv jarayonini yanada qiyinlashtirdi.

E’tibordan chetda qolgan futbolchi

Asosiy tarkibdan uzoqlashgan Husanov bir muddat deyarli unutilgan futbolchiga aylandi. O‘ng qanot himoyasida Mateus Nunyes deyarli xatosiz o‘ynadi, markaziy himoya chizig‘iga Ruben Diash, Yoshko Gvardiol va Jon Stouns javobgar bo‘ldi. Biroq taqdir boshqa rejani tayyorlab qo‘ygandi.

Yaqinda “Manchester Siti”ning “Chelsi”ga qarshi uy uchrashuvida Diash va Gvardiol jarohat oldi. Gvardiol mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Shu tariqa Husanov yana diqqat markaziga qaytdi. U ketma-ket “Brayton”, “Ekseter” va “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 20 yoshli Maks Alleyn bilan birga Husanov himoya markazida eng tajribali futbolchi sifatida harakat qildi.

Sinovlar va o‘sish

Albatta, “Ekseter” ustidan 10:1 hisobidagi yirik g‘alaba Husanovning haqiqiy darajasini ko‘rish uchun jiddiy mezon bo‘la olmadi. “Brayton” bilan durang esa ko‘proq “Siti”ning hujum chizig‘idagi kamchiliklar bilan izohlandi. Ammo hafta o‘rtasida safarda “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba Husanovning nimalarga qodir ekanligini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Aslida Husanov har doim yuqori saviyadagi markaziy himoyachi sifatida e’tirof etib kelingan. Gap faqat uning Angliyada muvaffaqiyat qozona olishiga bo‘lgan ishonchini qayta tiklashda edi. “Sent-Jeyms Park” stadionidagi o‘yin esa Abduqodir bu sinovni yengib o‘tganini yaqqol ko‘rsatib berdi. Sababi “Nyukasl” stadioni har qanday jamoa uchun murakkab arena hisoblanadi. Muxlislar bosimi futbolchilarga ruhiy ta’sir o‘tkazadi. Ammo o‘zbekistonlik bu holatlarga e’tibor bermay, uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi.

“Nyukasl”ga qarshi asosiy figuraga aylandi

Uchrashuvdan keyin ko‘pchilik bor e’tiborini uzoq davom etgan VAR tekshiruvlariga qaratdi (Semenyoning ikkinchi goli VAR orqali bekor qilingan — tahr), holbuki asosiy e’tibor Husanovga qaratilishi kerak edi. “Nyukasl” ushbu o‘yinda darvozaga atigi ikki marta aniq zarba bera oldi. Vaholanki, “qarg‘alar” bu mavsum uy uchrashuvlarida o‘rtacha har 90 daqiqada 5,9 ta aniq zarba berib kelayotgandi.

Husanov 6 marta to‘pni xavfli hududdan uzoqlashtirdi, 4 marta to‘pni raqib futbolchilaridan olib qo‘ydi (100 foizlik samaradorlik qayd etgan). Bu ko‘rsatkichlar “Siti”ning safarda ketma-ket ikkinchi o‘yinda darvozasi daxlsiz qolishiga xizmat qildi (“Sanderlend”ga qarshi 0:0, “Nyukasl” bilan uchrashuv 0:2).

Bunday statistikalar tasodif emas. Kamida 10 marta to‘p uchun kurashga kirgan 303 futbolchi orasida Husanovning 91,7 foizlik samaradorligi Angliya Premyer Ligasining 2025/26-yilgi mavsumida beshinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Himoyachilar orasida esa u to‘rtinchi o‘rinda, undan faqat Yoshko Gvardiol (94,7%) yuqoriroq natija qayd etgan.

Joriy mavsumda Husanov maydonga tushgan yettida o‘yinda uni atigi bir marta aldab o‘tishgan. Bu holat ham “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda, u o‘ng qanot himoyachisi sifatida harakat qilgan paytda yuz bergan.

Xato uzatmalar haqidagi stereotip

Husanovning pas berish qobiliyati borasidagi shubhalar ham asossiz. Uning 88,5 foizlik umumiy pas aniqligi Gvardiola jamoasidagi himoyachi uchun pastdek ko‘rinishi mumkin. Ammo uning eng sust o‘yinlari aynan o‘ng qanot himoyasida — “Manchester Yunayted” va “Arsenal”ga qarshi bahslarga to‘g‘ri kelgan.

Markaziy himoyada esa u ancha ishonchli. “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvda Husanov 93,5 foizlik pas aniqligini qayd etdi, 58 ta pas bilan maydondagi eng ko‘p pas uzatgan futbolchiga aylandi. Natijada “Manchester Siti” o‘yinning 57,6 foizida to‘p nazoratini o‘zida saqlab turdi.

Gvardiolaning e’tirofi

Pep Gvardiola Husanov haqida quyidagicha fikr bildirdi:

“U juda yaxshi transfer. Abduqodir Husanov raqib uzatmalarni yaxshi nazorat qilib, o‘z tezligi orqali maydondagi ochiq hududlarni to‘liq yopib bera oladi. U — juda tezkor. Albatta, Abduqodir hali o‘z o‘yinini yanada rivojlantiradi: jarayonga ko‘proq qo‘shilishi, o‘yinda faolroq bo‘lishi va yanada dadilroq harakat qilishi kerak. Ammo bu vaqt masalasi. Shuni ham aytishim kerakki, Husanov hozir ham himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda”.

Husanovning so‘nggi o‘yinlardagi o‘sishi aynan mana shu omillar bilan bog‘liq. Yosh futbolchi sifatida unga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq zarur edi. Hozircha maydonga tushgan o‘yinlari ko‘p emas, biroq uning himoyadagi va to‘p bilan o‘ynashdagi rivoji 12 oy avvalgi holat bilan solishtirganda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

“Nyukasl”ga qarshi sinovdan munosib o‘tgan Abduqodir Husanovni endi navbatdagi jiddiy imtihon kutmoqda. “Manchester Yunayted” avvalgidek qudratli bo‘lmasligi mumkin, ammo murabbiy almashinuvi shanba kungi bahsga alohida ahamiyat kasb etadi. Raqib nomi qanchalik baland bo‘lmasin, hatto u “Manchester Yunayted” bo‘lsa ham O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisidan yana bir barqaror va ishonchli o‘yin kutish mumkin. “Manchester Siti” esa bu orada turnir jadvalida “Arsenal”ga bosimni yanada kuchaytirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:49, 17.01.2026.
O'qildi: 4872 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.