"Manchester Yunayted" 5 o‘yindan buyon ilk bor g‘alaba qozondi.
Kecha Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa APLning 22-turida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Avvalgi to‘rtta o‘yinda mankunianliklar bitta mag‘lubiyat va uchta durang qayd etishgandi.
25 yanvar kuni "Yunayted" Angliya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.














