"Liverpul" 2026 yilda APLning birorta o‘yinida g‘alaba qozonmadi.
Arne Slot jamoasi kecha 22-tur doirasida "Byornli" (1:1) bilan durang o‘ynadi. Bungacha ular "Arsenal" (0:0), "Fulxem" (2:2) va "Lids"ni (0:0) mag‘lub eta olmagandi.
Amaldagi chempionlar oxirgi marta sentyabr oyi oxiri - oktyabr oylarida liganing ketma-ket to‘rtta o‘yinida ochko yo‘qotgan edi. O‘shanda ular to‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan.













