Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Yoxan Kroyfning o‘g‘li “Ayaks”ning texnik direktori etib tayinlandi

Yoxan Kroyfning o‘g‘li “Ayaks”ning texnik direktori etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Amsterdamning “Ayaks” klubi Yoxan Kroyfning o‘g‘li Jordi Kroyfni klubning texnik direktori lavozimiga tayinladi. Kroyf o‘z vazifalarini 2026 yil 1 fevraldan boshlab bajaradi, tuzilgan shartnoma esa 2028 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

“Bu men uchun alohida voqea — bu yerda bo‘lish va shartnoma imzolash. Otam nomi bilan atalgan stadionda, bolalik yillarimdan hayotimda muhim o‘rin tutgan klubda ishlash men uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu holatning o‘ziyoq men va oilam uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Fevral oyidan boshlab o‘zimni to‘liq “Ayaks”ga bag‘ishlayman. Bu katta mas’uliyat va faxr hissini uyg‘otadi. Klub rahbariyatiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiraman. ‘Ayaks’ boy tarixga ega noyob klub, uning tarixida yangi muvaffaqiyatli sahifa ochish uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman”, dedi Kroyff tayinlov borasida fikr bildirar ekan.

Jordi Kroyff faoliyatining bir qismini “Ayaks” yoshlar akademiyasida o‘tkazgan, keyinchalik esa Ispaniyada faoliyatini davom ettirib, “Barselona” bilan shartnoma imzolagan. Professional futbolchi sifatida u “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublarida to‘p tepgan, shuningdek, Niderlandiya terma jamoasi safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Kroyf xalqaro futbol tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, u “Makkabi” va “Barselona” klublarida sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U tayinlovga qadar Indoneziya futbol assosiasiyasida maslahatchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Ayaks” joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 19-turdan so‘ng 9 ta g‘alaba, 7 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:44, 18.01.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик