Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

A Seriya. «Milan»ning yangi transferi jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi bo‘ldi

A Seriya. «Milan»ning yangi transferi jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Milan" Italiya chempionatining 21-turida o‘z maydonida "Lechche"ni mag‘lub etdi - 1:0.

Yagona gol 76-daqiqada germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug tomonidan kiritildi. U "qizil-qoralar" uchun debyut to‘pini kiritdi. Hujumchi "Milan"da "Vest Xem"dan ijara asosida o‘ynamoqda.

"Lechche" ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 21 o‘yindan keyin 17 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. "Milan" 21 uchrashuvdan keyin 45 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda "Lechche" 24 yanvar kuni "Lasio"ni qabul qiladi, "Milan" 25 yanvar kuni "Roma" mehmoni bo‘ladi.

Milan - Lechche - 1:0

Gol: Fyullkrug, 76 (1:0)

Milan: Menyan, Gabbia, de Vinter, Tomori, Richchi (Loftus-CHik, 73), Rabyo, Yashari (Modrich, 87), Estupinyan, Salemakers (Atekame, 80), Leau (Nkunku, 87), Pulishich (Fyullkrug, 72)

Lechche: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo (N`Dri, 84), Ndaba, Ramadani (Male, 85), Kulibali, Gandelman, Pyerotti, Sottil (Banda, 54), Shtulich (Tete Morente, 68)

Ogohlantirishlar: de Vinter, 21 - Ramadani, 84

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:24, 19.01.2026.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик