"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan "Monako"ga (6:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Fransiyalik futbolchi "Real" safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mbappe 11 ta gol bilan Chempionlar ligasining joriy mavsum to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.













