Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Agar Grenlandiya sotilsa, men uni sotib olaman” — Konor Makgregor

“Agar Grenlandiya sotilsa, men uni sotib olaman” — Konor Makgregor

Baho:
+ | -

Mashhur MMA jangchisi Konor Makgregor Grenlandiya masalasiga munosabat bildirib, agar hudud sotuvga qo‘yilsa, uni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini aytdi. Bu haqda Irish Mirror nashri xabar berdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Daniya qirolligi tarkibidagi avtonom hudud — Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga olish istashi haqida fikr bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, bu AQSH xavfsizligi nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Trampning bu fikrlari xalqaro miqyosda keskin e’tirozlarga sabab bo‘lganiga qaramay, u mazkur masalada qat’iy pozisiyasini saqlab qolmoqda.

Shu hafta Trampning yaqin tarafdorlaridan biri bo‘lgan Konor Makgregor ham ushbu mavzuga qo‘shilib, Grenlandiya sotuvga chiqarilsa, uni shaxsan sotib olish ehtimolini istisno etmadi. Bu Makgregor uchun siyosatdagi ilk bayonot emas. U uzoq vaqtdan buyon Trampni ochiq qo‘llab-quvvatlab keladi hamda ijtimoiy tarmoqlarda Trampning immigrasiyaga qarshi qarashlarni faol targ‘ib qiladi. O‘tgan yili u Irlandiya prezidentlik saylovida ishtirok etishga uringan, biroq konstitusiyaviy cheklovlar sabab qilib, poygadan erta chiqqandi.

Ma’lumot uchun, Konor Makgregor 2021 yil iyuldan buyon jang o‘tkazmayapti. U oxirgi marta UFC 264 turnirida qatnashgan bo‘lib, birinchi raundda oyog‘idagi jarohat tufayli texnik nokaut evaziga Dastin Poryega yutqazgandi. Konor professional faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:30, 22.01.2026.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.