Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jerrard "Liverpul" safida maydonga tushadi

Jerrard "Liverpul" safida maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Mart oyi oxirida "Liverpul" va Dortmundning "Borussiya" klublari afsonalar o‘yinini o‘tkazadi. "Qizillar" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mersisaydliklarning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard bo‘lajak uchrashuvda ishtirok etadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi 28 mart kuni "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jerrard "Liverpul" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. Stiven 1997 yildan 2015 yilgacha Mersisayd jamoasi sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachi 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ayni paytda Jerrard murabbiy hisoblanadi. Uning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistoni chempionatining "Al-Ittifoq" klubi bo‘lgan.

Kiritildi: 14:01, 24.01.2026.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.